“Kalila va Dimna”
“Kalila va Dimna” – adabiy yodgorlik. “Panchatantra” va “Xitopade- sha” kabi qad. hind og’zaki ijodi zami- nida vujudga kelgan, uning anik, yozilgan vaqti ma’lum emas. Asar shahzodalarga ta’lim-tarbiya berishga mo’ljallangan bo’lib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yo’l b-n 2 shag’ol (chiyabo’ri) — Kalila va Dimna (sanskritcha Kartak va Damnako, paxla- viyda Kalilak va Dimna) munozarasi shaklida bayon etiladi. “K. va D.”6-a.da Eron sho\i Xusrav Anushirvon (531-79) buyrutiga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan Hindistondan kel- tirilgan va paxlaviy tiliga tarjima qilingan. 8-a.da mashhur adib Abdulloh ibn al-Muqaffa (721-57) pahlaviydan Arab tiliga, undan Rudakiy fors ti- liga nazm b-n tarjima qilgan. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshi- fiy forschaga tarjima qilib, uni “An- vori Suhayliy” deb nomlaydi. Asar- ning fors tiliga o’girilgan nusxasi 16-a. oxirida qayta ishlangan. Uni eski o’zbek tiliga Muhammad Mulla Niyoz (1837), Fazlulloh qori Almaiy tarjima qilishgan. Almaiy tarjimasi 3 marta nashr etilgan (1910-13). Asar hoz. uzbek tilida bir necha bor nashr etilgan (1966, 1977, 1988, 1992, 1994).