Kaliyli tuzlar

Kaliyli tuzlar – tarkibida kaliy bo`lgan va suvda tez eriydigan minerallardan (silvin, karnallit, kannit va b. lardan) iborat cho`kindi tog` jinslari. Tarkibida 10-15% kaliy bo`lgan kaliy tuz konlari sanoat ahamiyatiga ega bo`ladi. Kaliy tuzlardan, asosan, o`g`it tayyorlanadi. Konlari: Ural (Solikamsk), Orenburg, G`arbiy Ukraina, Qozog`iston, GFR, AQSh, Kanada, Polsha va b.