KALKULATSIYALASHNING BO’LIMLI USULI

KALKULATSIYALASHNING BO’LIMLI USULI – xarajatlami hisobga olish va kalkulatsiya qilishning bo’limli (poperedel) usuli, asosan, metallurgiya, to’qimachilik, yengil, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qo’llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish ayrim ishlab chiqarish bo’limlari, bosqichlaridan tashkil topgan bo’ladi. Bo’limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir bo’limli bosqichi bo’yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulatsiya moddalari bo’yicha yuritiladi.