Kalontarov Emmanuel Markelovich

Kalontarov Emmanuel Markelovich (1932.3.6, Samarqand – 1984.5.8, Toshkent) — kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1979). Respublika rassomlik bilim yurti (1953), kinematografiya instituti (1959)ni tugatgan. 1959 yildan “O’zbekfilm” kinostudiyasida rassom. Sh. Abbosovning “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent — non shahri” (1968), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), A. Hamroevning “Qo’rquvsiz” (1974), “Inson qushlar ortidan boradi” (1976), L. Fayziyev va O. Meyerning “Ali bobo va qirq qaroqchi” (1978) filmlariga qog’oz va kartonga ko’mir, akvarel, guash bilan ishlagan eskizlari film goyasini ochib berishga xizmat qilgani bilan diqqatga sazovor. “Abu Ali Ibn Sino” (1979), “Uyg’onish” va “Kelinlar qo’zg’oloni” (1984) filmlariga ishlagan dekorasiya eskizlari rassomning mahoratini ifodaladi.