Kaluga viloyati

Kaluga viloyati – RFdagi vilo- yat. 1944 y. 5 iyulda tashkil etilgan. Mayd. 29,9 ming km2. Aholisi 1081,2 ming kishi (2000), asosan, ruslar. Shaharliklar 70,3%, 24 tumanga bo’lingan, 18 shahar, 14 shaharcha bor. Markazi — Kaluga sh. K.v. er yuzasi bir oz past-baland tekis- lik bo’lib, Daryo vodiylari, jarlar o’yib yuborgan. Iqlimi yozda mo”tadil issiq va sernam, qishda mo”tadil sovuq. Yanv. ning o’rtacha t-rasi — 9 dan — 10°gacha, iyulniki 17-18°. Yiliga kariyb 650 mm yog’in yog’adi. Yirik daryosi oka va uning irmoqlari. Tuproqlari chimli o’rtacha podzollashgan, shim.da o’rta qumoq, Jan.- g’arbda qumloq va qumli tuproq, Markaziy va Sharqiy qismlarida och sur tusli o’rmon tuproqlar. Hududining 40% o’rmon. K.v. xo’jaligida mashinasozlik va metallsozlik, engil, yog’ochsozlik va qurilish materiallari sanoatlari etak- chi o’rinda. Mashinasozlik korxonalari Kaluga (mashinasozlik, turbina, elektro- texnika va b.), Lyudovinovo (teplovoz- eozlik), Kirov (quyish-mexanika, cho’yan quyish z-dlari) shaharlarida joylash- gan. Kaluga, Kondrovo, Kirov, Suxinichi sh.da tikuvchilik va poyabzal f-kalari, Borovskda movut f-kasi, Kaluga va bo- rovskda trikotaj, to’quvchilik f-kalari, zig’ir tola z-Di bor. Yog’ochsozlik sano- atining etakchi tarmoqlari: Kalugada “Gigant” gugurt-mebel k-ti, Kondro- voda tsellyuloza-qog’oz, fanera z-dlari, uysozlik, mebel va qog’oz f-kalari mavjud. Qurilish materiallari sa- noatida shisha-oyna, qurilish Fayan- si, g’isht va b. ishlab chiqariladi. Kirovda qurilish fayansi, Kaluga, Ma- loyaroslavessa silikat g’isht z-dlari, Kalugada sut z-dlari, go’sht k-ti, Suxi- nichida sabzavot konservasi, kraxmal z-dlari bor. Obninskda Rossiyada bi- rinchi qurilgan AES ishlab turibdi. Q. h. sut chorvachiligi, cho’chqachilik, kar- toshkachilik, sabzavotchilik va qisman zig’irchilikka ixtisoslashgan. Bug’doy, javdar, grechixa, arpa, sut va em-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachilikda qo’y ham boqiladi. Parrandachilik f-kalari bor. Oka daryosida kema qatnaydi. Kalugada aeroport bor.