KAMBA

KAMBA, akamba — Keniyadagi xalq. Bantu xalqlari guruhiga kiradi. Umumiy soni 3,25 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Akamba tilida so’zlashadi. Negroid irqiga mansub. Dindorlari xristian-katoliklar, shuningdek, an’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud.