KAMBALASIMONLAR
KAMBALASIMONLAR (Pleuronecti-formes) — suyakli baliqlar turkumi. Voyaga etgan davrida tanasi asimmetrik siqilgan, yapaloq bo’ladi. Uz. 6 sm dan 4,7 m gacha, vazni bir necha g dan 330 kg gacha. Jabra pardasi 6-7 nurli. Suzgich pufagi bo’lmaydi, suzgich qanotlarida tikanlari, odatda, rivoj- lanmagan, qorin suzgichlari 5-6 nurli, tangachalari tsikloid yoki ktenoid tipda. Ikkala ko’zi ham boshining bir tomoni- da; bosh suyagi, juft suzgichlari, og’zi, nerv va ichki organlari asimmetrik tu- zilgan. 7 oila (jumladan, kambalalar, botussimonlar, dengiz tillari va b.), 500 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Arkti- kadan subantarktikagacha bo’lgan barcha dengizlarda tarqalgan. Dengizning sayoz qismida suv tubida yashaydi. Zoobentos b-n oziqlanadi. Yirik turlari, mas, paltuslar va 6. yirtqich (baliklarni eydi) ovlanadi.