Kamchatka
Kamchatka — Osiyoning shimoli- sharqidagi yarim orol, Rossiya Federatsiyasida. Tinch okean, Oxota va bering dengizlari bilan o’ralgan. Uzunligi 1200 kilometr. Maydoni 370 ming km2. Markaziy qismini O’rtaliq va Sharqiy tizmalar kesib o’tgan, ular oralig’ida Markaziy kamchatka pasttekisligi va Kamchatka Daryosi joylashgan. Kamchatkada 160 dan ziyod vulkan (28 tasi harakatdagi vulkanlar) bor. Eng baland joyi 4750 metr — Klyuchi Sopkasi. Issiq mineral buloqlar va geyzerlar mavjud. Iqlimi, asosan, mo”tadil musson iqlim. Fevralning o’rtacha temperaturasi -13°, avgustniki 12°. Yillik yog’in 600 mm dan 1000 mm gacha. Siyrak qarag’ayzor va igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Shimoli — tundra. Kronoki qo’riqxonasi tashkil etilgan.