Kamerun
Kamerun (ing. Cameroon, Frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, Frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. G’arbda Atlantika okeanining Bi- Afra qo’ltig’i b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliey 15,8 mln. kishi (2001). Poytaxti — Yaunde sh. Ma’muriy jihatdan 10 viloyat (province)ra b o’l i n a D i . Davlat tuzumi. K. — respublika. Amal- dagi Konstitusiyasi 1972 y. 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995 y.da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i –prezident (1982 y.dan Pol Biyya). U umumiy, to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 7 y. ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy Majlis). Ijroiya hokimiyatni president va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. ekvatorial va shim. subekva- torial mintaqalarda joylashgan. Er yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitog’lik (1500-2000 m). K. markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qo’ltig’i sohilida kame- Run vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz. Iqlimi Jan.da ekvatorial, nam iqlim. O’rtacha t-ra Fev. yoki martda 24— 28°, iyu- lyo avg.da 22°-24°. Yillikyog’in ichki hududlarda 1500-2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining g’arbiy va Jan.-g’arbiy yon bag’irlarida — 10000 mm gacha). K.ning boshqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomg’ir, qishi quruq. O’rtacha t-ra 19°— 24°, shim.da 26°-33°. Yillik yog’in 500 mm gacha. Daryolari ko’p va sersuv, Ostona- li, gidroenergiyaga boy. Ko’plarida kema qatnay olmaydi. Hududining ‘/, qismiga yaqini o’rmon. Jan. dagi qizg’ish-sariq ferralit tuproqda doim yashil o’rmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yog’och beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) ko’p. Shim. dagi qizil-qo’ng’ir va qora tropik tupro- Klarda savanna o’simliklari o’sadi. O’rmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv ayg’iri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qo’tos, karkidon, kiy- ik, jirafa, Arslon, gepard va b. ko’p. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, vaza milliy bog’lari va ba- FIA, ja, Duala-Edea, Kampo qo’riqxonalari barpo etilgan. Aholisining ko’pchiligi bantu (Duala, balundu, basa va b.), Sharqiy bantoid (ba- mileke, bamum, tikar va b.) til oilalari- ga mansub. Rasmiy tillar — frantsuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy e’tiqodni saqlagan, 35% qismidan ortig’i xristian (asosan, Kato- lik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, mor- va, Garva va b. Tarixi. K. hududidan o’rta va yuqori Pa- leolit davriga oid tosh qurollar topil- gan. K.da dastlab pigmeylar yashab, ovchi- lik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik b-n shug’ullangan. 16-a. ning2-yarmidan K.ga portugallar, gol- landlar, 18-a boshlaridan ingliz, Fran- suz, nemis, Amerika din da’vatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gaz- mol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Evro- paliklar K.dan fil suyagi, palma moyi, murch va b. olib ketgan. 17— 18-a.larda Shim. K.da Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida fulbe ko’chmanchilari shim. va Markaziy K.da bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-a.da Markaziy K.da shak- llangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18-19-a.larda Marka- ziy va Jan. K.da yana bir qancha davlatlar paydo bo’ldi. 20-a. boshlarida Germaniya K.ning shim. va Markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. 1 -jahon urushi davrida ingliz-frantsuz qo’shinlari K. hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy K. Frantsiya, G’arbiy K. Bukj Britaniya nazoratiga o’tdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti — Nigeriya va K. Milliy kengashi (1944) hamda K. xalkla- ri Ittifoqi partiyasi rahbarligida K. xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1960 y. 1 yanv.da Sharqiy K. mustaqilligi e’lon qilinib, 13 no-YaB. dan K. Respublikasi deb yuritila boshla- Di. 1961 y. 1 okt.da G’arbiy K.ning K. Re- spublikasiga birlashuvi natijasida K. Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini ko’tarish chora- lari Ko’rildi: yagona pul va o’lchov birli- gi qabul qilindi; barcha siyosiy partiya- lar K. milliy Ittifoqiga birlashtiril- Di. Ittifoqning 1-s’ezdida KFRni ri- vojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972 y. 20 maydagi referendum natija- sida KFR K. Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984 y. 25 yanv.dan boshlab K. Respublikasi deb ataladigan bo’ldi. K. — 1960 y.dan BMT a’zosi. Milliy bay- Rami — 20 may — respublika e’lon qilingan kun (1972). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Respublikani himoya qilish harakati, 1991 y. da tuzilgan; K. xalqi demokratik birlashmasi, 1966 y.da asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991 y.da tuzilgan; ijtimoiy demokratik front, 1990 y.da asos solin- gan; K. xalqlari Ittifoqi, 1991 y.dan oshkora ishlay boshlagan. K. mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashki- loti, 1972 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kira- D i . Xo’jaligi. K. — agrar mamlakat. Marka- ziy Afrika mintaqasida iqtisodiy ko’rsatkichlari jihatidan o’rtacha daro- madli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980-90-y.larda yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik o’sish sur’- atlari 7%ni tashkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanishi tufayli yalpi ichki mahsulot tarkibi o’zgardi: sanoat- ning solishtirma salmog’i 44%, q.x. salmog’i 24% bo’ldi. Sanoati. K.da neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charm- poyabzal, to’qimachilik va yog’ochsozlik sa- noati korxonalari bor. Qimmatli nav yog’och (temir yog’och, qizil yog’och) eksport qilishda K. dunyoda 6-o’rinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat o’zini oziq-ovqat b-n to’la ta’minlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan ko’prog’i yoqilg’i yordamida hosil qilinadi (yiliga o’rtacha 2,6 mlrd. kVt- s o a t ) . Qishloq xo’jaligi ning etakchi tarmog’i — dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan ko’prog’i oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar b-n band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq jo’xori, makkajo’xori, sholi, maniok, yams, Maka- bo, Taro, banan, er yong’oq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham etishtiriladi. K. shim. Va g’arbida ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chor- vachilik muhim rol o’ynaydi. Qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qo’ltig’ida turli baliqlar ovlanadi. Transporti. Mamlakat ichkarisida tashi- ladigan yuklarning 70% t.y. transporti- ga to’g’ri keladi. T. y.ning uz. 1175 km, avtomobil yo’llarining uz. — 65 ming km. Asosiy dengiz porti — Duala, Daryo porti — Garva, xalqaro aeroportlar — Yaunde, Duala, Garvada. K. chetga neft, yog’och, paxta tolasi, Kau- chuk, banan, er yong’oq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan ma- shina va asbob-uskuna, keng iste’mol mollari, yoqilg’i hamda moylash materi- allari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi aso- siy mijozlari: Niderlandiya, Frantsiya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispa- niya. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati. K.da shifokorlar Yaunde sh.dagi un-t tibbiyot-sanitariya markazi- da tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri-fiy muassasalari. 6-12 yoshdagi bolalar uchun majburiy ta’lim joriy qilingan. Ta’lim Sharqiy K.da frantsuz, G’arbiy K.da ingliz tilida olib boriladi. Bola- larning 85% o’qishga jalb etilgan. Dav- lat maktablaridan tashqari xususiy MAK- tablar ham bor. Hunar-texnika ta’limi boshlang’ich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy o’quv yurtlari: Yaunde unti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy q.x. kolleji, Milliy ma’muriy maktab, Milliy sport in-ti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassa- salari: ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga ko’maklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini o’rganish mintaqa i.t. markazi, q. x. tadqiqot in- ti, demografiya tadqiqotlari in-ti, Ge- ogr. milliy in-ti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), paxta inti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy ar- XIV (1952), Yaunde unti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, yaun- dedagi milliy kutubxona, demografiya tadqiqotlari in-tining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy K. xalqlari san’- ati muzeyi, Bafusamda bamilike san’ati muzeyi, Fumbanda bamum san’ati muzeyi b o r . Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: “Kame- Run Tribyun” (“Kamerun minbari”, in- gliz va frantsuz tilidagi kundalik gaz., 1974 y.dan), “Kamerun autluk” (“kame- Run istiqboli”, ingliz tilidagi xusu- siy gaz., 1971 y.dan), “Kamerun nuvo” (“Yangi Kamerun”, frantsuz tilidagi Xu- susiy gaz., 1984 y.dan), “Kamerun Tayms” (“Kamerun vaqti”, ingliz tilidagi xusu- siy gaz., 1960 y.dan), “Ofjektif” (“Maqsad”, frantsuz tilidagi oylik jur., 1979 y.dan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978 y.da tashkil etilgan. K. radio va teleko’rsa-tuvi — hukumat Mahkamasi, 1988 y.da tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. Xalq og’zaki ijodiyoti K. xalqi hayotida muhim rol o’ynaydi. 20-a. boshlarida bamum yozuvi paydo bo’lib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-y.lardan mahalliy (bulu, Duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor xarakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, frantsuz, qisman, ingliz tillarida bo’lib, milliy ozodlik harakati b-n chambarchas bog’langan. Ko’pchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-a. 50-y.laridagi ozodlik kurashining ta’- siri sezilib turadi (E.E. Yondonning “Kamerun! Kamerun!”she’riy to’plami va b.). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini ko’rsatdilar, mu- stamlakachilikni tanqid qildilar (Mon- go betining “shafqatsiz shahar”, “Tu- gallangan missiya” romanlari va h.k.). K. mustaqillikka erishgach, K. madaniyati jamiyati, K. shoirlari va adiblari uyush- masi tuzildi. 1963 y.dan madaniyat masa- lalarini yoritadigan “Abbia” jur. chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (ko’p xotinlik, qalin olish- berish)ni fosh etish, ozodlik kurashi ta- rixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy o’rin tutadi. Dramatur- giya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq og’zaki ijodiyoti an’- analarini davom ettirish b-n birga hoz. zamon muammolarini xam qalamga oladi- lar. S. M. Eno-Belinganing lirik-fal- Safiy she’rlardan iborat “negrcha niqoblar” to’plami keyingi yillardagi salmoqli asar bo’ldi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, to’g’ri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga o’xshatib loydan qurilgan 6-8 m li konussimon uylar ko’p. 19-a. oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda Arabcha va evropacha uslub qorishib ketgan binolar qad ko’tardi. Keyingi yillarda zamonaviy me’moriy inshootlar mahalliy me’morlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi “Kokote” mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi president qarorgohi, frantsuz madaniy markazi, vokzal binolari). K. xalqlari o’rtasida yog’och o’ymakorligi (uy jihozlari, yog’ochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamo- naviy yog’och o’ymakorlaridan Mombe mas- sanga, uning ugli g. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir. Musiqasi. K. aholisining milliy tar- kibi xilma-xilligi musiqa madaniyati- ning o’ziga xosligini belgilaydi. Cholg’u asboblari ham turlicha: urma cholg’ulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, bala- fon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, Sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholg’u dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga jo’r buladigan musiqa: baliqchilar qo’shig’i, makkajo’xori uqalovchi ayollar qo’shig’i va b. mavjud. Ayrim qo’shiqlar yakkaxonlikda, boshqalari jo’r ovozlikda hamda ko’p ovozliqda ijro etiladi. Ko’pgina qo’shiqlarni raqsdan ajratib bo’lmaydi. Pigmeylarning qo’shiq-raqs an’anasi ham o’ziga xos. Ularning “mvet” musiqa tomoshalari g’oyat jozibador. Xalq musiqa ijodi b-n birga an’anaviy Pro- fessional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan. 20-a. da Evropa va Amerika musiqasining ta’siri kuchaydi. Zamonaviy kompozi- torlar, dirijyorlar, sozandalar etishib chikdi, ashula va rake ansambllari tash- kil topdi. K. musiachilar va kompozitor- lar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini to’plash va o’rganish yo’lga q o’y i l D i . Teatri. K. xalqlari o’rtasida qadimdan raqs-musiqa o’yinlari — pantomimalar odat bo’lgan. Ayrim raqslar ba’zan tomo- sha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga o’xshab ketadi. 1955 y. Yaundeda yosh ar- tistlar uyushmasi tashkil etildi. Trup- Pa rahbari S. Avona o’zining “Ebutuning uylanishi”, “ishsiz” pesalarini sahnalashtirdi. 1961 y. da Dualada K. xalk, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan “Afrika avangardi” dramatic truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning ko’riklari, san’at festivallari o’t k a z i l D i . Kinosi. K.da yaratilgan dastlabki fil- mlar etn. tusida edi: “tam-tam Parij- da” (1963, rej. T. Sita-Bella), “Bambi- likening katta uyi” (1966, rej. J. P. Ngassa). 1966 y.da axborot vazirligi huzurida kino bo’limi ochildi. 1973 y.da kino sanoati jamg’armasi ta’sis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamg’armadan mablag’berila boshladi. Rej. J. P. Di- Kong-Pipaning “shoxlar” (1964) va “ot- amni qaytarib beringlar” (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin “begona bola” (1975), “Ozodlik qadri” (1979) filmlari Shuhrat qozondi. Rej. D. Kam- va “belanchak” va “bizning qizimiz” nomli hajviy filmlar yaratdi.