Kamina

Kamina (taxallusi; asl ismi Ma- Matvali) (1770-1840) — turkman mum- toz shoiri. Xiva, Buxoro madrasalarida o’qigan. Ijodida hajviyot etakchi o’rin egallaydi. Qator she’rlarida zamona no- sozliklari tanqid etilgan (“g’ariblik”, “Qozim”, “davr”, “aklga ishon”, “yarash- mas” va b.). “Zulfing”, “bilo bilmadim”, “Kelinlar”, “Ersarining qizi” kabi she’rlarida turkman xalqini birlikka, urug’lararo ahillikka chaqiradi, sevgi va sadoqat, erk va baxt kabi yuksak g’oyalarni kuylaydi. K. she’rlari turkman, o’zbek baxshi va ashulachilari repertuaridan keng o’rin olgan. K. Sharq xalqlari ada- biyotida satira janri taraqqiyotiga kat- ta hissa qo’shgan. Turkman xalqi orasi- da K. nomi b-n bog’liq latifalar keng tarqalgan. Asarlari o’zbek va b. qardosh turkiy tillarga tarjima qilingan. K. tavalludining 200 yilligi keng nishon- langan (1971).