KAMOLIY
KAMOLIY — o’rtapishar qovun navi. O’rtacha kattalikda. Uzunligi 20-27 santimetr, og’irligi 2-3 kilogramm. Sirti sal g’adir- budir.Yirik, o’rtacha dag’al to’rlar bilan qoplangan. Tuey tuk, jigarrangga moyil yashil. Po’stining qattiqligi o’rtacha. Etining qalinligi 3-4,5 santimetr, oq, sershira. Tarkibida 7-10,8% qand, 3,8—6,1% saxaroza, 8,6—12% quruq modda bor. Urugxonasi o’rtacha, urug’i yirik, nashtarsimon, sal bukilgan, sariq. Urug’i ko’karib chiqqanidan so’ng 75-80 kunda pishadi. Hosildorligi 200-270 ts/ga. Ko’proq Andijon va Farg’ona viloyatlarida ekiladi.