Kampeche
Kampeche — Meksikadagi shtat, Yukatan ya.o.ning g’arbida. Mayd. 51,8 ming km2. Axrlisi 689,6 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — Kampeche sh. Ohaktoshlardan tuzilgan pasttekis- likda joylashgan, karst relef shak- llari rivojlangan, bu esa gidrogra- fiya tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Iklimi tropik, nam iklim. O’rtacha oylik t-ra 22-27°. Yili- ga o’rtacha 2000 mm gacha yog’in yog’adi. Doim yashil tropik o’rmonlar b-n qoplangan. K. — agrar shtat. K.da kichikroq oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. K.da, asosan, kofe, shakarkamish, tsitrus mevalar, makkajo’xori etishtiriladi. Asosiy q. x. r-ni— Champoton. Indeys qabilalari yashaydigan o’rmon zonala- rida daraxtlar kesilib, dehqonchilik qilinadi. Yoz oylarida chikle teriladi. Asalarichilik rivojlangan. Qimmatbaho yog’ochga ishlov beriladi. Baliqovlanadi. Den-giz mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar Kampeche sh.da joylashgan. Avtomobil va t.y.lari orqali Meksika- ning boshqa Shtatlari b-n bog’langan.