KAMPTOZOYLAR

KAMPTOZOYLAR (Kamptozoa) — tuban chuvalchanglar tipi. Ayrim zo- oologlar K.ni mshankalarga kiritadi. O’troq yakka yoki koloniya bo’lib, dengiz va chuchuk suvda yashaydi. Tanasi likop- chaga o’xshash, uz. 1 mm dan 1 sm gacha, og’iz teshigi hilpillovchi paypaslagichlar b-n o’ralgan, anal teshigi orqa tomoniga ko’chgan. Poyasi yordamida substratga yopi- shib oladi, tana bo’shlig’i parenxima b-n to’lgan. Ichagi taqasimon, ayirish organi — protonefridiylar. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo’lmaydi. Nerv gangliysi og’iz va anal teshigi o’rtasida joylashgan. Ayrim jinsli yoki germaf- rodit. Ayrim turlari kurtaklanib Kolo- niya xrsil qiladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi, lichinkasi troxoforaga va mshankalar lichinkasiga o’xshaydi. K. tipi 1 sinf va 60 ga yaqin turni o’z ichi- ga oladi; hamma dengizlarda uchraydi. Sohil yaqinida, ayrim turlari 300 m gacha chuqurlikda yashaydi. Detrit va Fi- toplankton b-n oziqlanadi.