KAN
KAN — Frantsiyaning shimoliy qismidagi shahar, Normandiyada. Kal- Vados departamentining ma’muriy Markazi. Orn daryosi buyidagi port. Kanal orqali La-Mansh bo’g’ozi bilan bog’langan. Aholisi 117 ming kishi (1999). Quyi Normandiya temir ruda rayonining sanoat markazi Kan va uning atrofida Metallurgiya, mashinasozlik, to’qimachilik, kimyo, tsement, yog’ochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1432 yildan), nafis san’at muzeyi bor. 11 — 17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga 11-asrda asos solingan.