Kanat

Kanat (rus. — arqon) — po’lat sim yoki o’simlik tolalari, mineral yoki sin- tetik iplardan eshilib tayyorlanadigan egiluvchan buyum. Tayyorlanish usuliga ko’ra, K. pishitilgan, pishitilmagan va o’rilgan turlarga bo’linadi. Po’lat K., odatda, 0,3—0,4 mm diametrli pishiq simlardan dumaloq va shakldor qilib tayyorlanadi eshilgan dumaloq K. 1 o’rimli (spiral), 2 o’rimli (trosli) va 3 o’rimli (kabeltli) bo’ladi. K. qayishqoq va chidamli bo’lishi uchun o’rtasiga tolali (tabiiy yoki sintetik ip) yoki metall o’zak eshiladi. Eshilgan tutamda simlarning nuqtaviy, chiziqli yoki aralash tegadigan, shuningdek, bir tomonga pishitiladi- gan, yarmi chapga, yarmi o’ngga pishitila- digan K. turlari bo’ladi. Pishitilmagan K. po’lat simlar yoki spiral K.lar tuta- midan iborat bo’lib, ustidan sim b-n o’raladi, yo bo’lmasa qisqich b-n qisiladi. Metallmas K. tabiiy (paxta, jut, asbest) yoki sintetik (kapron, neylon, perlon va b.) tolalardan tayyorlanadi.