KANEYDIAN

KANEYDIAN, Kaneydian-River — AQShdagi Daryo, Arkanzas daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 1500 kilometr chamasida, havzasining maydoni 124 ming kilometr kvadrat. Sangrede-Kristo tizmasi (qoyali tog’lar) yon bag’irlaridan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan oqadi. Suv sarfi keskin o’zgarib turadi. Bahor oylarida Daryo toshadi. O’rtacha yillik suv sarfi 200 metr kub/sekund. Sug’orishda foydalaniladi. Kaneydian irmog’i — Nort-Kaneydian daryosi bo’yida Oklaxoma-Siti shahri joylashgan.