KANNIBALIZM

KANNIBALIZM (Fransuzcha Cannibal — odamxo’r) — odam go’shtini odam yeyishi. Tosh davrining eng qadimgi bosqichida yashagan ibtidoiy odamlarga xos. Keyinchalik, oziq-ovqat resurslari ko’paygach, ocharchilik vaqtlaridagina kamdan-kam uchraydigan hodisa sifatida saqlangan. Diniy Kannibalizm ancha vaqt saqlanib, odamlar o’ldirilgan dushmanlar, o’lgan qarindoshlar jasadlarining turli qismlarini eyishgan; bunda odamlar o’likning kuch-quvvati va boshqa xususiyatlari uning go’shtini yegan odamga o’tadi degan tasavvurlardan kelib chiqishgan.