KANSI
KANSI (haqiqiy ismi Syuan E., (1654.4.5-1722.20.12, Pekin) – Xitoydagi manjurlarning Tsin sulolasi Imperatori (1662 yildan). Kansi hukmronligi vaqtida manjurlar tomonidan Xitoyni istilo qilish tugallangan. Qo’shni xalqlar va davlatlarga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan. 1691 yilda xalxani bosib olgan, oyrat xonligi bilan urush olib borgan. Kansi davrida Tibetda manjurlar sulolasining hukmronligi mustahkamlangan, Amur daryosi bo’yidagi rus qishloqlariga hujumlar uyushtirib turgan, Rossiya bilan Nerchinsk shartnomasi tuzilgan (1689). Uning buyrug’iga binoan, Xitoyda eng to’liq “Kansi szidyan” ieroglif lug’ati tuzish boshlangan.