KANTABRIYA TOG’LARI
KANTABRIYA TOG’LARI – Ispaniyaning shimol qismida, Biskay qo’ltig’i sohillari bo’ylab 500 kilometr masofaga cho’zilgan. Eng baland joyi 2613 metr (Torre-de-Serredo tog’i). Asosan, kvartsit, ohaktosh, qumtoshlardan iborat. Karst relef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi nam, yillik yogin 1000 millimetr. Daryolari sersuv. Shimolda nisbatan nam yon bag’irlarida keng bargli o’rmonlar, Janubda — kserofit butalar usadi, Alp o’tloqlari tarqalgan. Toshko’mir, temir va polimetall rudalari olinadi. Milliy parklar tashkil etilgan.