KANTEMIR ANTIOX DMITRIYEVICH
KANTEMIR ANTIOX DMITRIYEVICH [1708. 10(21).9, Konstantinopol — 1744.31. 3(11.4), Parij] — rus shoiri va diplomati. 18-asr rus klassisizmi va yangi hajviy she’riyatining asoschilaridan. Peterburgda ta’lim olgan. 1732 yildan Buyuk Britaniyada, 1738-44 yillarda Frantsiyada elchi bo’lib ishlagan. Dastlabki ijodini tarjimadan boshlagan. 1729 — 31 yillardagi hajviy she’rlarida Petr I islohotlarini himoya qilgan. Kantemir qasidalar, maktublar, masallar, dostonlar (“Petrida”), falsafiy va estetik traktatlar (“tabiat va inson haqida”, 1742 va boshqalar) yozgan.