Kantsona

Kantsona (italyancha canzone-ayni ma’nosi qo’shiq)-1) muhabbat mavzusida she’r, dastlab kurtuaz qo’shiq bo’lib, trubadurlar ijodida keng tarqalgan va alohida janr sifatida shakllangan. Xalq qo’shiqlaridan kelib chiqqan. XII asrda adabiyot janriga aylangan. Provansal Kantsona, odatda, 5-7 misrali bo’lgan. Keyinchalik italyan shoirlari tomonidan qabul qilingan. Kantsona Petrarka ijodida o’zining yuksak cho’qqisiga erishganl 2) uyg’onish davrida zodagonlarning ko’p ovozli qo’shig’i. XVI-XVII asrlarda Italiyada shakllangan.