KANTXO
KANTXO — Vetnamning Janubiy qismidagi shahar. Mekong daryosi deltasidagi port. Xauzyang provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 216 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Sholichilik rayonining markazi. Sholi oklanadi, kokos moyi ishlab chiqariladi; sovungarlik, tamaki korxonalari bor.