KAOLAK
KAOLAK — Senegalning g’arbiy qismidagi shahar. Kaolak viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 194 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Salum daryosidagi port (yer yong’oq, donli ekinlar eksport qilinadi). Yer yong’oq moyi ishlab chiqariladi. Dengizdan tuz olinadi.