KAP SOYLIGI
KAP SOYLIGI — Atlantika okeani tubining Janubiy-Sharqiy qismidagi keng pasaygan joyi. Afrikaning Janubiy- g’arbiy materik yon bag’ri bilan Atlantika okeani o’rtaliq tizmasi va Kit tizmasi oralig’ida. Uzunligi shimoldan Janubga 1500 kilometr, kengligi 1000 kilometr, eng chuqur joyi 5520 metr. Yuzasi sertepa, balandligi 3000 metrgacha bo’lgan suv osti vulkanlari bor. Qizil rangli gil cho’kindilaridan iborat.