Kapa (chayla)

Kapa (chayla) – muvaqqat turar joy, o’tov. Ko’pincha yog’och, qamish, mato kabi materiallardan yasalgan. Tomi tik (konus) yoki yumaloq (gumbazsimon) shaklda ishlanib, usti qamish yoki bordon, so’ng kigiz bilan yopilgan. Eshik og’zi qamish yoki mato bilan yoxud maxsus ishlangan guldor kigiz bilan to’silgan.