Kapalak qurti
Kapalak qurti — kapalaklar tuxumidan chiqadigan chuvalchangsi- mon hasharot. O’simliklarning turli qismlari, ba’zi turlari jun, mum va b. organik moddalar b-n oziqlanadi. Tu- xumdan chiqqan K.q. juda kichik bo’ladi. Ketma-ket tullab, g’umbakka aylanadi; g’umbakdan voyaga etgan kapalak chiqadi. K.q.ning gavdasi ko’p bo’g’imli; og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Boshqa hasharotlar qurtlaridan qorin bo’limida kalta va to’mtoq, bo’g’imlarga bo’linmagan. 8 juft soxta oyoqlar bo’lishi b-n farq qiladi. K.q. shu oyoqlari yorda- mida harakatlanadi; ko’krak oyoqlari esa oziqni ushlab turadi. So’lak bezlarining bir qismi ipak bezlariga aylangan. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotib, ipak iplarni hosil qiladi. Iplardan qurtlar pilla o’raydi yoki in yasaydi. K.q. erkin yoki yashirin hayot kechi- radi. Ayrim K.q. daraxtlar bargi, Nov- dalarini o’rab olgan to’rsimon inlarida to’da bo’lib yashaydi. Erkin hayot kechira- digan K.q.ning rangi va shakli atrof muhitga moslashgan bo’ladi. Bir qancha K.q. turli ekinlar, mevali daraxtlar va b. o’simliklarga, oziq-ovqat zahiralari, jundan to’qilgan gazlamalar va kiyim- kechaklarga jiddiy ziyon etkazadi. Tut ipak qurtining pillasidan to’qimachilik sanoati uchun qimmatli xom ashyo — ipak olinadi (yana q. Ipakchilik).