Kapelmeyster

Kapelmeyster (nemischa Kapelle-xor, orkestr, Meister-usta, rahbar)-dastlab XVI-XVIII asrlarda xor yoki cholg’u kapellasi rahbari. XIX asrda teatr, xor yoki simfonik orkestr dirijyori. Barokko va Vena klassikasi Davida saroy Kapelmeysterlari musiqachilar jamoasiga boshchilik qilishdan tashqari musiqa yaratish va uni aranjirovka qilish vazifasini ham o’tagan. Iogann Sebastyan Baxning kasblaridan biri Kapelmeyster edi. Knyaz Esterxazining Kapelmeysteri bo’lgan Yozef Gaydn o’z asarlarining katta qismini saroy kontsertlari uchun yozgan. Keyinchalik Kapelmeyster va bastakor vazifalari qo’shilib ketgan.