Kapillyarlar

Kapillyarlar (lotincha Capillaris — tola, qil), qil tomirlar — odam va hayvonlarning barcha to’qimalari tarkibidagi eng mayda (nozik) qon tomirlar. Qon arteriyadan arteriolaga, Kapillyarlar oldi tomirlari (prokapillyar)ga, so’ngra Kapillyarlarga o’tadi. Kapillyarlar uzunligi 0,5 millimetr bo’ladi, devor bo’shliqlari orqali havo va moddalar almashinuvi ro’y beradi. Kapillyarlarning boshlanish qismi arteriyaga, keyingi qismi esa venaga taalluqlidir. Qon Kapillyarlardan postkapillyarlarga, undan venulaga o’tib, so’ngra vena tomiri bo’ylab davom etadi. Natijada qon aylanish doirasi vujudga keladi. Limfa Kapillyarlari (qon Kapillyarlaridan o’ta nozikligi bilan farq qiladi) bir-biriga qo’shilib, limfa tomirlarini hosil qiladi, ular to’qimalardan limfa suyuqligini shimib, limfa yo’liga o’tib, oxiri venaga quyiladi, organizmdagi yot zarralar va kasallik qo’zg’atuvchi bekteriyalarning limfa tugunlari orqali zararsizlanishiga yordam beradi.