Kapurlar oilasi
Kapurlar oilasi — jahonga tanilgan hind kino arboblari oila- si. Pritxviraj Kapur (1904.3.11 — 1972.29.5) — hind aktyori, teatr rej.i. Lahordagi xuquqiy kollejni tugatgan. Oldin ovozsiz filmlarda, 1931 y. esa birinchi hind ovozli filmi (“olam- ning go’zalligi”)da suratga tushgan. Juda ko’p tarixiy filmlarda o’ynagan. 1944 y. birinchi hind professional te- atri (“Pritxvitietrs”)ni tashkil etdi. “Daydi”, “o’tmish, hozirgi kun, kela- Jak”, “uch dengiz osha sayohat” kabi fil- mlarda suratga tushgan. Butun Hindiston Tinchlik Kengashining vise prezidenti bo’lgan. Raj Kapur, haqiqiy ismi Ranbir Raj (1924.14.12, Peshovar — 1988.2.6, Bom- bay) — hind aktyori, rej., stsenariychi, prodyuser. Pritxviraj Kapurning o’g’li. Hind kinosida o’ziga xos maktab yaratgan san’atkor. Kinodagi faoliyatini “Ran- djit” kinostudiyasida assistentlikdan boshlagan. Dastlab “Gauri” va “bizning ish” filmlarida kichik rollar ijro etdi. 1946 y.da “Valminki”, “moviy Nilufar”, “Chittoridagi g’alaba” fil- mlarida suratga tushdi. 1947 y. da bom- Bayda “Raj Kapur filme” kinostudi- yasini tashkil etdi. “Daydi”, “Janov 420”, “tun qa’rida”, “Sangam”, “mening ismim — masxaraboz” va b. filmlarda rej. va bosh rol ijrochisi sifatida jahonga tanildi. “Bobbi”, “Haqiqat, muqaddaslik, go’zallik”, “muhabbat noxushligi”, “Abdulla”, “Gang daryosi oqadigan yurt” va b. u yaratgan eng yaxshi filmlardandir. Uning filmlari juda ko’p xalqaro kinofestivallar (mas, Kann, Karlovo — Vari va b.)da sovrin va mukofotlar olgan. Ko’p filmlari O’zbekistonda namoyish etilgan. U Tosh- kent xalqaro kinofestivalining do- imiy qatnashchisi bo’lgan. Shammi Kapur (1930.21.3, Peshovar) — aktyor. Pritxviraj Kapurning o’g’li. “Tumsa Naxin Dekxa”, “Dil Deka Dek- xo”, “o’rmonzor” singari 150 dan ortiq filmda o’ynagan. Shoshiy Kapur (1938.18.3) -aktyor. Pritxviraj Kapurning o’g’li. Yoshligida “Pritxvi — tietrs” sahnasida roller o’ynagan. “Daydi”, “to’siq” kabi fil- mlarda kichik rollar ijro etgan. 80-y. larga kelib eng ommabop hind aktyori- ga aylandi. “Suratkash”, “jazirama va chang” kabi 100 dan or-tiq filmda Su- ratga tushgan. Randxir Kapur (1947) — aktyor. Raj Kapurning o’g’li. Dastlab “o’tmish, hozirgi kun va kelajak” filmida aktyor hamda rej. sifatida qatnashgan. Keyin- chalik “Qo’shma sayohat”, “chaqqon qo’l”, “Qasam va va’da”, “kasos qonuni” singa- ri bir qancha filmlarda bosh rollarni o’ynagan. Rishi Kapur (1951.4.6) — aktyor. Raj Kapurning o’g’li. Bolaligida otasining “Mening ismim — masxaraboz” fil- mida suratga tushgan. Aktyor “Bobbi”, “Qasoskor”, “Sevgi — bu hayot”, “Layli va Majnun”, “aktyor bo’l” kabi fil- mlardagi bosh rollari b-n jahonga ta- nildi. Oilaning eng kichik davomchi- si Karishma Kapur bo’lib, hozir Hindistonning eng yorqin kinoyulduzla- ridan. Aktyorlar Randxir K. va Babita- larning qizi. “Jit”, “Rakshak”, “Raja Xindustani”, “1-sonli qahramon” kabi 70 ga yaqin filmda muhabbat sanamlari- ni o’ynadi. Saodat Xo’jaeva.