Karantin

Karantin (ital. quarantena — qirq kun), karantinlash — 1) tibbiyot- da — o’ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epi- demiyaga qarshi ma’muriy va sanitariya tadbirlari majmui. K. ma’lum hududni kasallik tarkatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo’qotishga hamda kasal- likning bir joydan boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi. Shu maqsadda K. e’lon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa, bordi-keldi keskin che- klanadi. K. epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiya tomonidan e’lon qilinadi va “xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari” (Konventsiya) asosida amal- ga oshiriladi. Bu hujjat dastlab 1951 y. Parijda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning 4-sessiyasida qabul qilingan. 1973 va 1981 y.larda bu hujjatga JSSTning 26 va 34-sessiyala- rida qo’shimchalar kiritilgan. K. birinchi marta 14-a.da Italiya- da qo’llanilgan. Shunda o’lat tarqalgan yurtdan kelgan kema 40 kungacha qirg’oqqa yaqinlashtirilmasdan dengizda ushlab turilgan. Dastlab K. juda ko’p kasalli- Klarda qilinar, hatto, unchalik xavfli bo’lmagan qizilcha (skarlatina) kasal- ligida ham bemor 40 kun alohida xo- nada ushlab turilardi. Hoz. K. o’ta xav- fli yuqumli kasalliklar: toun (o’lat), sariq isitma; kana va chivin orqali tarqaladigan virusli gemorragik isit- malar: Marburg, Ebol va Laas isitma- lari, denge, Chikugunya, Rift vodiysi, G’arbiy Nil isitmasi va entsefalit ka- salligida e’lon qilinadi. “Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari”ga aso- san, K. aeroport va dengiz portlarida hamda avtomobil yo’llarida joylashgan sanitariya — karantin punktlari xo- dimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda K. kasallik tarqalgan o’chokdan kelgan transport vositasi, ekipaj a’- zolari va yo’lovchilar salomatligi tek- shiriladi, zarurat bo’lganida ularning badani ko’zdan kechiriladi. “Dengiz sanitariya deklarasiyasi” va “samolyot deklarasiyasi”ning sanitariya qismini, shuningdek, deratizasiya (kemiruvchi- larga qarshi tadbirlar) o’tkazilgani to’g’risidagi guvohnoma, transport vosi- tasi ichida kemiruvchilar bor-yo’qligini aniqlash ushbu xizmat xodimlarining va- zifasi hisoblanadi. Zarurat bo’lganida dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratiza- tsiya tadbirlari amalga oshiriladi. Bemor b-n muloqotda bo’lganlar yuqumli kasalliklar shifoxonalari va izolyatorlarda alohidalanib, kasallik- ning yashirin davri o’tguncha, mas, o’latda 6 kungacha tibbiy kuzatuv ostida bo’ladi. Bu davrda ma’lum profilaktik davolash kursi belgilanadi. 2)o’simliklar himoyasida — mam- lakat hududiga q.x. ekinlarining juda xavfli zararkunandalari, kasallik qo’zg’atuvchilari va begona o’tlarning ki- rib kelishidan himoya qilish va zarar- lanish o’choqlarini aniqlash, ihotalash va yo’qotishga qaratilgan davlat chora- tadbirlari tizimi. Hisob-kitoblarga qaraganda o’simlik zararkunandalari va kasalliklari jahon bo’yicha oziq- ovqat ekinlari potentsial hosilining 20-25% ni yo’q qiladi. Mamlakatla- raro savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi darajasiga qarab bir mam- lakatda uchramaydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlar turlari- ning boshqasiga kirib kelishi xavfi ortib boradi. Mas, urug’lik va ko’chatlar, q.x. xom ashyosi va b. yo’llar b-n Ameri- kadan Evropaga filloksera (tok biti), qizilqon bit, ko’pgina cherveslar, Kolo- Rado kartoshka qo’ng’izi, kartoshka fitof- Torasi, zarpechak, ambroziya kabi begona o’tlar kelib qolgan, o’z navbatida, Evropa va b. mamlakatlardan Amerikaga Gessen pashshasi, yapon qo’ng’izi, don qo’ng’izi, TSI- Trus mevalar raki va b. tarqalgan. O’simliklar K. bo’yicha birinchi qonun Frantsiyada g’alla ekinlari poya ZANGI epifitotiyasi munosabati b-n qabul qilingan (1660). AQShda fillioksera- ga qarshi kurash zarurati tufayli 1881 y.da birinchi qonun kuchga kirdi. 1870— 1915 y.larda q.x. rivojlangan Germaniya, Frantsiya, Avstraliya, Avstriya, AQSh, Meksika va b.da K. bo’yicha qonunlar qabul qilindi. 20-a.ning 70-y.larida 100 dan ortiq mamlakatda K. qoidalari ishlab chiqildi va bu qoidalarning ba- jarilishini nazorat qiladigan muas- sasalar barpo qilindi. Sobiq SSSRda 1931 y.da K. xizmati yo’lga qo’yildi. Shu yili K. kasalliklar va zararkunandalar- ning, 1935 y.da K. begona o’tlarning bi- rinchi ro’yxati tasdiqlandi. 1932 y. O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi qoshida Respublika o’simliklar karantin dav- lat inspektsiyasi xizmati tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasining “O’simliklar karantini to’g’risida” qonuni 1995 y. 31 avgustda kabul qilindi. O’simliklar K. tadbirlari bo’yicha MDH doirasida O’zbekiston ham qo’shilgan davlatlararo shartnoma imzolangan (1992). O’zbekistonda o’simliklar Karan- tini bo’yicha davlat xizmatini qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qoshidagi o’simliklar karantini Bosh davlat in- spektsiyasi (“O’zboshdavkarantin”) baja- radi. O’zbekiston q.x. tarixida ko’rilgan qat’iy choralarga qaramay Respubli- ka hududiga boshqa mamlakatlardan ko’p turdagi o’ta xavfli K.dagi zararli ob’- ektlarning o’tib qolishi holatlari kuza- tilgan. 1939 y.da Yaponiyadan keltiril- gan tut ko’chati b-n komstok qurti, 1964 y.da Kaliforniya qalqondori, 1972 y.da Kolorado qo’ng’izi, 1980 y.da issiqxona oqqanoti (q. Oqqanotlar), 1981 y.da Turkiyadan to’rt dog’li donxo’r, 1983 y.da Sharq meva qurti va b. tarqaldi va ular q.x.ga katta iqtisodiy zarar keltirmok- da. 21-a. boshida K. kurash tadbirlari qo’llaniladigan xalqaro ro’yxatga 300 dan ortiq turdagi o’ta xavfli o’simliklar K.i ob’ektlari kiritilgan. Ularning 66 tasi o’simliklar zararkunandalari (g’o’za kuyasi, Osiyo g’o’za tunlami, Amerika oq kapalagi, apelsin qalqondori, ildiz qurti va b.), 41 tasi zamburug’li, nemato- Dali, bakteriyali, virusli o’simliklar kasalliklari (g’o’za antraknozi, kar- toshka raki, parmalovchi nematoda, makkajo’xori vilt kasalligi va b.) dir. O’zbekistonda 143 turdagi K. ob’ektlari ro’yxatga olingan. Shulardan 12 ta turi kam tarqalgan. 3) veterenariyada — hayvonlarning o’ta yuqumli, tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan va katta iqtisodiy zarar kel- tiradigan kasalliklari o’choqlarini che- garalash va yo’q qilish bo’yicha tadbirlar majmui. Xalqaro epizootiya byurosi ro’yxatiga ko’ra (Bosh sessiya, 1983), oqsim, BRU- tsellyoz, sil, vezikulyar stomatit, kuy- dirgi, Aueski kasalligi; qoramollarda — o’lat, o’pkaning umumiy yallig’lanishi, qorason (emfizematoz karbunkul), tuya- larda — o’lat va chechak; otlarda — manka, epizootik limfangit, yuqumli anemiya, entsefalomielit, kontagioz plevropnev- moniya, o’lat, yuqumli rinopnevmoniya; parrandalarda — Nyukasl kasalligi, pasterrelyoz, ichak difterita, mikopla- Rioz, chechak; soxta o’lat, asalarida — Amerika va Evropa chirish kasalligi; echkilarda — yuqumli plevropnevmoniya, qo’ylarda — o’lat, Rift vodiysi isit- masi, qo’ylarning kataral isitmasi, qo’ylarning chechagi, cho’chqalarda — klas- sik o’lat, Teshen kasalligi va b. K. tad- birlari joriy etiladigan kasalliklar- ga kiradi. O’zbekistonda ko’pgina chorva hayvonlarining yuqumli kasalliklari tugatilgan, ko’pchiligi esa tarqalmagan. Oqsim, otlarning yuqumli anemiyasi che- klangan hollarda uchraydi. Veterenariya amaliyotda kasallikning tarqalish va xavflilik darajasidan ke- lib chiqqan holda, ayrim xonadon, Fer- ma, poda, asalari oilalari, suv xavzasi, xo’jalik, aholi yashash punktlari, tuman, shahar, viloyat, respublika hududlariga tegishli hujjatlar asosida K. qo’yiladi. K. tadbirlari har bir kasallik- ni tugatish bo’yicha tegishli ko’rsatma va yo’riqnoma asosida o’tkazilib, hayvonlarni K. hududiga kiritish, chiqarish, mahsulot tayyorlash, yarmarka, bozorlarda mol sotish taqiklanadi. K. belgisi chegaraga osib qo’yiladi va krro- vul posti tashkil etilib, kirib-chiqish tartibga solinadi. Shonosir Shovahobov, Sulton Alimuhamedov, Hoshim Nurmamatov.