Karate, karate

Karate, karate (yaponcha — hech narsasiz qo’l b-n) — qurolsiz o’zini-o’zi himoya qilish, inson tanasining nozik joylariga qo’l yoki oyoq b-n zarbalar berishga asoslangan sport kurashining bir turi. K.ning hoz. qoidalari 20-a. ning boshlarida yaponcha jiujisu yakkakurashini takomillashtirish asosida shakllangan. Uning dastlabki usul va qoidalarini g.Funakosi (1869— 1957, Yaponiya) ishlab chiqqan. K.chilar 8×8 m tatamida yakkama-yakka yoki jamoa bo’lib musobaqalashadi, bajarilgan zarba usullariga qo’yilgan baholarga qarab g’oliblar aniqlanadi. Xalqaro K. federasiyasi (WUKO)ra 1968 y.da asos solingan. U 157 milliy Federasi- yani birlashtiradi (2002), O’zbekiston milliy K. federasiyasi unga 1996 y. kirgan. 1970 y.dan jahon chempionat – lari o’tkazib kelinadi (har 2 y.da). K. Osiyo, Lotin Amerikasi mamlakatlari, AQSh, Ispaniya, Frantsiya va b. davlat- larda taraqqiy etgan. O’zbekistonda K. 20-a.ning 80-y.laridan ommalasha bosh- ladi. 1995 y.da respublika K.chilari bitta federasiyaga birlashdi (K.da 4 ta yo’nalishda musobaqalar uyushtirila- Di). Federasiyaning barcha viloyatlarda bo’limlari bor. O’zbekistonda 60 ming- dan ko’proq kishi K. b-n shug’ullanadi, 40 dan ziyod K. klublari ro’yxatdan o’tgan (2002). Nurxon Nafasov, Alisher So- dikrv, Mixail Golovanov kabi tajriba- li murabbiylar qo’l ostida shug’ullangan Ilhom Karimov, Otabek Qosimov, Sofiya Kaspo’latova, Doniyor Xolmatov, Azamat Ali Qalandarov singari K.chilar jahon kubogi va Osiyo chempionatlarida sovrin- li o’rinlarni egallashgan.