Karavajo

Karavajo (Caravaqqio, asli Me- rizida Karavajo) Mikelanjelo (1573. 28.9, Lombardiya -1610.18.7, Toskana) — italiyalik rassom. 17-a. Evropa rang- tasvirida realistik yo’nalish asoschisi. Milanda tahsil olgan (1584— 88). Rim, Neapol, Malta o., Sisiliyada yashab ijod qilgan. K. ijodida manerizm va akademizm san’atiga xos bo’lgan ob- razlarni ideallashtirishga individu- al ta’sirchanlikni (“kasal kichkintoy Vakx”), mavzuni majoziy talqiniga na- Turani bevosita kuzatishni (“mevali savat ko’targan o’spirin” va b.) qarama- qarshi qo’yadi. Antik mavzulardagi asar- lari (“Vakx”, 1592-93, Karavajo. “Lyutna chalayotgan qiz” (1595). Ufits- TSI galereyasi)da bayramlar, beg’ubor sho’xlik ruhi aks etgan. Rangtasvirning yangi turlari — natyurmort (“savatda- gi mevalar”, 1596), maishiy (“folbin” va b.) janrlarning shakllanishiga katta hissa qo’shdi. Diniy mavzudagi asarlari (“Misrga yo’l olganlar xordig’i” va b.) ga ham chuqur hayotiy ruh baxsh eta olgan. Yirik polotnolari katta dramatik kuch- ga ega (“Avliyo Pyotrning mixlanishi”, 1601; “tobutga qo’yish”, 1604; “Avliyo Matvey azoblari”, 1606 — hammasi Rim- da; “Mariyaning o’limi”, 1606, Luvrda). K. ijodi rangtasvir usuli, nursoyaning nihoyatda keskinligi, harakatlarning soddaligi, boy koloriti, asarlaridagi extiros va dramatik ruhi b-n diqqatga sazovor. K. ijodi 17-a. Evropa rassomlik MAK- tablarida realizm yo’nalishi oqimlari (jumladan, karavajizm)ni shakllanishi- ga katta ta’sir ko’rsatdi.