KARBONATIT

KARBONATIT — magmatik yoki metasomatik yo’l bilan kelib chiqqan tog’ jinsi, asosan, karbonatlardan tashkil topgan. Murakkab intruziv jinslar tarkibiga kiradi; oqib chiqqan Karbonatit oqimlar va tuf qoplamlari ko’rinishida uchraydi. Tarkibiga ko’ra, kaltsitli, dolomitli, ankeritli va sideritli Karbonatitlar farq qilinadi. Karbonatit bilan tantal va NiO- biy rudalari, apatit, flogopit va boshqa kamyob yer elementlari konlari bogliq. Karbonatit O’zbekistonning g’arbida (Nurota va Quljuqtovda) topilgan.