Karbonatli tuproqlar
Karbonatli tuproqlar – ustki chirindili katlamida kaltsiy va magniyning karbonatli tuzlari bo’lgan tuproqlar. Bunday tuzlar oxaktoshli, mergelli va lyossli yotqiziqlarning ustida hosil bo’lgan tuproqlarda ko’p. Karbonatli tuproqlar qaynash xususiyatiga ega. Tuproqdagi karbonatlar paydo bo’lishiga ko’ra, birlamchi (jinsli yoki qoldiq karbonatlari) va ikkilamchi (tuproq hosil bo’lishida vujudga kelgan karbonatlar) bo’lishi mumkin. Karbonatli tuproqlar O’zbekistonning sug’orma dehqonchilik zonalarida keng tarqalgan; ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining rivoji uchun qulay muhitga ega.