KARBOSIKLIK BIRIKMALAR

KARBOSIKLIK BIRIKMALAR (lot carbo-ko’mir va Yun. kyklos — halqa, doyra), izosiklik birikmalar — mole- kulasidagi uglerod atomlari halqasi (tsikli) bor bo’lgan organik birikmalar. Mas, tsiklopentan (I), tsiklogeksan (II), benzol (III) va h.k. K.b. molekulalari halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa elementlar, mas, azot, kislorod, oltingugurt atomlari buladigan geterosiklik birikmalardan, shuningdek, ochik, zanjir hosil qilib birikkan asiklik birikmalardan farq qiladi. K.b. organik birikmalarning asosiy sinflaridan biri. Alisiklik va aromatik birikmalar ga bo’linadi. K.b. tabiatda goyat keng tarqalgan. Ular- ning ko’pchiligi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. K.b. ga neft uglevodo- rodlari, terpenlarning ko’pchiligi, bir qator antibiotiklar, buyoqlar, dorivor moddalar, insektisidlar va b. kiradi. Sintetik smolalar, plastmassalar va h.q. olishda ishlatiladi.