KARDINAL
KARDINAL (lot. cardinalis – bosh) — katolik cherkovi ierarxiyasida Rim papasidan keyin, episkopdan oldin turuvchi ruhoniy. Kardinallar papaning cherkovni boshqarish sohasidagi eng yaqin maslahatchilari va yordamchilari hisoblanadi hamda shu lavozimga papa tomonidan tayinlanadi.