Kardiospazm
Kardiospazm (Yun. kardia, bu erda — me’daning kirish qismi va spazm), kardi axalaziyasi, frenospazm — qizilo’ngachning me’daga kirish qismi — kardining torayib qolishi. Nerv- muskul faoliyatining izdan chiqishi, qizilo’ngachning reflektor disfunktsiyasi va b. sabablar natijasida yuzaga keladi. K.da qizilo’ngachdan ovqat luqmasining o’tishi qiyinlashadi (qiltomoq), uning yuqori bo’limlari (toraygan joyidan keyingi qismi) kengayadi, to’sh sohasi orqasida og’riq seziladi, kekirish va h.k. kuzatiladi. Qizilo’ngachning kengaygan qismida ovqat turib qolib ayniganda, uning shilliq qavati yallig’lanadi (Ezo- fagit); jarayon ba’zan qizilo’ngach de- vorining hammasiga, hatto atrofidagi hujayralarga ham tarqalishi mumkin. Natijada chandiq hosil bo’lib, stenoz ro’y beradi. Kasallik asosan 20-40 ya shar ayol va erkaklarda uchraydi. Davos i : K.ning dastlabki davri- da konservativ davo: ovqatlanish ma- romiga rioya qilish, spazmga qarshi va tinchlantiruvchi dorilar buyuriladi. Kasallik zo’rayib, bemorning ahvoli og’irlashaversa, jarrohlik usuli qo’llaniladi.