Karimov Ergash

Karimov Ergash (1935.26.10, tosh- kent) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (1990). Toshkent san’at in-tini tugatgan (1958). 1958-59 y.lar sur- xondaryo teatrida ishlagan. 1959 y.dan O’zbekiston teleradiokompaniyasining “Yoshlik” telestudiyasida teleminiatyu- ra teatrida rej. assistenti, 1965 y.dan rej.i, 1997 y.dan badiiy rahbari. K. san’ati o’tkir satira va ko’tarinki ruh b-n sug’orilgan bo’lib, plastik, mimic harakatlar ustasi sifatida tanilgan. U bir spektaklda bir nechta rollarda chiqishi mumkin. Topqirlik, mubolag’a b-n bo’rttirib ko’rsatish, ijrodagi ta-biiylik, qazil ohangidagi soddalik K. ijodining asosini tashkil etadi. Eng yaxshi rollari: sovchi (S. Ahmad, “Oliq-soliq”), g’izg’izon (Alp Jamol, “G’izg’izon”), sinovchi-ichuvchi (S. Ahmad, “Sinovchi-ichuvchi”), direktor (S. Axmad, “Lampashisha”), Muqimjon (S. Ahmad, “Birinchi muhabbat”), ishqiboz (Alp ja- mol, “Paxtakor yutganda va yutqizganda”), talaba (E. Musaev, “N2O”), Qiyomov (Alp Jamol, “to’zg’igan pat”), sottivoy (Alp Jamol, “yozaman”), mudir (Alp Jamol, “Noshud mudir”), Koyilxo’jaev (Alp ja- mol, “xurrak”), telemuxbir (S. Ahmad, “Qizlar brigadasi”), chol (S. Ahmad, “Qirchillama chol”), er (E. Usmanov, “Tu- shingni suvga ayt”), sudya (E. Raimov, “Quyoshxon”), Ota (E. Usmanov, “Gudbay”) va b. “El-yurt hurmati” ordeni b-n muko- fotlangan (1999).