Karimov Tolibjon Raufovich

Karimov Tolibjon Raufovich (1940.7.2, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1987). Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1961). 1961-63-y.lar Qo’qon teatrida, 1963 y.dan Hamza teatrida aktyor. K.ning ijo- Di yorqin dramatizm va qahramonona ro- mantizmga boyligi, jo’shqinligi b-n AJ- ralib turadi. Eng yaxshi rollari: Yo’lchi, Tantiboyvachcha (“quglug’qon”), G’ofir (“Boy ila xizmatchi”), Mirzo Ulug’bek (“Mirzo Ulug’bek”), Temur (“Sohibqiron Temur”), Shoh Ma’mun (“Abu Rayhon Beruniy”), Azizboy (“Istehkom”), Qosim (“Gurung”), Jamol (“Istan- bul fojiasi”), professor (“etti FA- ryod”) va b. Televizion spektakllarda Jo’ra (“Yodgor”), Qalandar Qarnoqiy (“Ulug’bek xazinasi”), Shukurov (“diyo- nat”), Navoiy (“Navoiy Astraobodda”), G’ulomjon (“Farg’ona tong otguncha”) kabi; videofilmlarda Jomiy (“Navo- iy”), Qosimbek (“Bobur”), kinoda o’tkir (“Sayyod qo’ng’irog’i”) va b. rollarni ijro etgan. K. hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Chirog’i yoniq uy” telefilmi ishlangan (1997). Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofoti laureati (1988). “Mehnat shuhrati” ordeni b-n mukofotlangan (1997).