Karimqulbegi

Karimqulbegi – Shashmaqomdagi Segoh maqomining ikkinchi guruh sho’balariga kiradigan ashula yo’llaridan biri. “Nimcho’poniy” deb ham ataladi. Karimqulbegini eski qovunchilik (hozirgi Yangiyo’l tumani) xonanda va bastakor Karimqulbek (1855-1910) yaratgan deb taxmin qilinadi. Chapandoz usulida ijro etiladi. Avjida Segoh va Ushshoq namudlari, yirik hofizlar esa Turk avjini ham ijro etishgan. Karimqulbegi yakka o’qlganda unga Mo’g’ulchai Segoh talqinchasi ulab kuylangan va bu Karimqulbegi II deb atalgan.