Kariologiya
Kariologiya (Kario … va … logiya) — tsitologiyaningir bo’limi; hujayra yadrosi va uning tuzilmalari (yadrocha, xromosomalar, yadro membranasi va b.)ni optik va elektron mikroskopiya, tsitokimyo, izotop indikatorlar usullari yordamida o’rganadi. K. 19-a. oxiri 20-a. boshlarida hujayra yadrosining irsi- yatdagietakchi roli aniqlanganidan so’ng paydo bo’ldi. Yadro tuzilmalarining interfaza va hujayraning bo’linishi (q. Amitoz, Mitoz, Meyoz, Endomitoz) davrida mikroskopik va submikrosko- pik tuzilishi, ayniqsa, xromosoma- lar reduplikasiyasi qonuniyatlarining aniqanishi K.ning asosiy yutug’i hisoblanadi. Genetika va K. asosida TSI- togenetika paydo bo’lgan. K. tsitogeneti- ka, rivojlanish biologiyasi, molekulyar biologiya b-n birga hujayra tuzilmala- rining rivojlanishi va ixtisoslashuvi jarayonida xromosomalar va ular ay- Rim qismlarining shakllanishi hamda funktsiyasi qonuniyatlarini o’rganadi. Xromosomalar va ularni tashkil etgan tuzilmalar tarkibini o’rganish K.ning eng aktual muammosi hisoblanadi. Har xil yoki bitta turga mansub organizmlar kariotiplarini qiyoslash asosida tur do- irasida kariotiplarning o’zgarmasligi printsipining aniklanishi kariosis- tematikaning paydo bo’lishiga olib kel- Di. 20-a.ning 50-y.larida odam K.sining rivojlana boshlashi b-n bir qatorda irsiy kasalliklarnit xromosomalar b-n bog’likligi aniqlandi (q. Tibbiyot genetikasi, odam genetikasi). K., TSITO- logiya, tsitosistematika, tsitogenetika sohasidagi maqolalar Florentsiya unti tomonidan nashr etilayotgan “Caryologia” (1948 y.dan) xalqaro jur.da chop etiladi. Sharifjon To’rabekov.