KARKUK

KARKUK — Iroqning shimoliy-Sharqiy qismidagi shahar, Kurdistonda. Taomim muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 420 ming kishi chamasida. Avtomobil yo’llari tuguni, temir yo’l stantsiyasi. Neft qazib chiqariladigan yirik rayon markazi. Bu yerdan neft quvurlar orqali Tripoli (Livan) va Banias (Suriya) portlariga yuboriladi. To’qimachilik, ko’n poyabzal, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash zavodi bor