Karl Martell
Karl Martell (lotincha Carobus “Martellus, so’nggi lotincha martellus — bolg’a) (taxminan 688 — 741.22.10, Kersi) — so’nggi Merovinglar davrida Frank davlatining amaldagi hukmdori (715 yildan). Karolinglar urug’idan bo’lgan oliy lavozimdagi shaxs — mayordom. Cherkov yerlarining bir qismini musodara qilish va ularni benefisiylar tarzida harbiylarga tarqatish yo’li bilan davlatning harbiy qudratini mustahkamlagan. Karl Martell 732 yilda Puate shahri yaqinidagi jangda arablarni yengib, ularning G’arbiy Yevropaga yurishlarini to’xtatgan.