KARL ROBERT

KARL ROBERT (Karoly Robert) (1288 — 1342.16.7, Vishegrad) — Vengriya qirolligi qiroli (1301-42). Vengriyadagi Anju sulolasi vakili. Karl Robert cherkov, mayda dvoryanlar va shaharliklar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Markaziy hokimiyatni mustahkamlagan, konchilik va pul islohotini o’tkazgan. Chexiya va Polsha bilan savdo bitimi (1335) tuzgan. Venetsiya, Serbiya, Valaxiya bilan urushlar olib borgan.