KARMANA
KARMANA — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi shahar (1979 yildan), tuman markazi. Viloyat markazidan va yaqin temir yo’l stantsiyasi (Navoiy shahri)dan 8 kilometr. 1958 yildan Navoiy tumani (1958 yilgacha Karmana tumani) markazi. 1968 yil 21 noyabrdan shahar posyolkasi. 1982 yilgacha Buxoro viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida, 1999 yildan Navoiy shahrining Karmana tumani tarkibida. 2003 yil dekabrdan Karmana tumani markazi. Aholisi 20816 kishi (2004). Karmanada tuman hokimiyati binosi, pilla qurti urug’i zavodi, tuman korxona va tashkilotlari, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari faoliyat ko’rsatadi. 4 umumiy ta’lim, internat, san’at maktablari, 2 kasb-hunar kolleji (pedagogika va qishloq xo’jalik) bor. Tuman Markaziy kutubxonasi, madaniyat saroyi, “Yoshlik” madaniyat va istirohat bog’i, sport majmuasi mavjud. Shahar markazida Alisher Navoiyga haykal o’rnatilgan. Karmana temir yo’l va avtomobil yo’llari orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Samarqanl va boshqa shaharlar bilan bog’langan.