Karnaval

Karnaval (lot. carrus navalis — ajoyib arava, bayram marosimlari kema- si) — asosan, ochiq havoda o’tkaziladigan teatrlashtirilgan o’yinlar, ko’cha namoy- ishlaridan iborat ommaviy sayilning bir turi. Yil fasllarining almashuvi, bahorgi dehqonchilik va b. bayramlar b-n bog’liq majusiylarning marosim- laridan boshlangan. K. nomi 13-a.da Italiyada vujudga kelgan. 16-a. mashhur italyan xalq teatri turi niqoblar ko- mediyasi (“Del Arte komediyasi”)nnnt paydo bo’lishi K. b-n bog’liq. K.ga o’xshash ko’cha va maydon tomoshalari Sharqda juda qadim zamonlardan ma’lum. O’rta Sharqda K. zardushtiylik, Navro’z va b. bayramlar b-n bog’liq holda uyushtiril- gan. Temur va Temuriylar, o’zbek xonlari, Amir va beklar davlat miqyosidagi bay- ramlar munosabati b-n ham K. tomoshala- ri o’tkazgan. O’zbekistonda 1957 y.dan har yili kuzning birinchi oyida hoz. Mil- liy bog’da muntazam K. o’tkazib kelin- gan. Hoz. kunda qayta tiklangan Navro’z bayramlarida asta-sekin K. tomoshalari odat tusiga kirmoqda. Muhsin Qodirov.