KAROMAT
KAROMAT (Arab. — karomat, g’ayritabiiy hodisa) — 1) diniy va mifologik tasavvurlarda Xudoning, g’ayritabiiy kuchlarning aralashuvi b-n vujudga keladigan g’ayritabiiy hodisalar. Uni muqaddas kitoblar (IU- daizm va xristianlikda — Bibliya, is- lomda — Qur’on) va xatga bitilgan rivoyatlar (iudaizmda — Talmud, is- lomda — sunna) ifodalaydi. Islom- ga ko’ra, shu hodisalar payg’ambarlarda namoyon bo’lsa — mo”jiza, aziz-avli- yolardan sodir bo’lsa — K. deyiladi. G’ayridin, kufr ahlidan sodir bo’lsa sehr-jodu, ko’zbaxshilik (fokus) yoki is- tidroj (vaqtincha omadli bo’lish) deb ataladi. Mas, Muso payg’ambar qo’lidagi hassasini toshga urganda undan suv ot- ilib chiqqani, kerak bo’lganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani mo”jizadir. Muhammad (sav)ga berilgan mo”jizalarning eng ulug’i — Qur’oni Karim sanaladi. K.lar tasavvuf shayxlari, tariqat pesh- volari, aziz-avliyolarning uzoq, maso- fani oz muddatda bosib o’tishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari, hojatlari zudlik b-n ravo bo’lishi va b. bilan izohlanadi; 2) ilohiy bilim ne- gizida biror hodisa holatini oldindan aytib berish.