Karomatli (Karomatov) Fayzulla Muzaffarovich
Karomatli (Karomatov) Fayzulla Muzaffarovich (1925.14.12, Buxoro) — musiqashunos, folklorshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1981). San’atshunoslik fanlari D-ri (1972), prof. (1973). Toshkent ped. inti (1944), Toshkent konservatoriya- si (1950)ni tugatgan. Buxoro teatrida (1941-43), O’zbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrida (1943-48) skrip- kachi. San’atshunoslik i, t. instituti- da ilmiy xodim (1949-50, 1954-55), musiqa bo’limi mudiri (1955-93), Di- rektor (1957— 64), bosh ilmiy xodim (1994 y.dan). Ayni vaqtda, Toshkent kon- servatoriyasi dosenti (1955-60), prof. (1980— 91), Sharq musiqasi kafedrasi asoschisi va mudiri (1972-80, 1991— 97). Ko’pgina o’zbek kuy va qo’shiqlarini to’plab, nashr ettirgan. O’zbek musiqa me- rosi, O’rta Osiyo xalklari musiqa fol- klori masalalariga oid asarlar mualli- Fi. K. Toshkent (1975), Samarqand (1978, 1983, 1987, 1997), Buxoro (1990, 2001) da o’tkazilgan xalqaro ilmiy anjuman- larningtashkilotchilaridan, shuningdek, Evropa va Osiyo mamlakatlarida ko’pgina musiqa anjumanlari qatnashchisi. K. YUNESKO qoshidagi musiqa kengashla- ri (ICM, IOV, CIOFF) a’zosi. “El-yurt hurmati” ordeni b-n mukofotlangan (1999). As: Uzbekskaya dombrovaya muzika, T., 1962; Uzbekskaya instrumentalnaya mu- zika, T., 1972; O’zbek xalq musiqa mero- si, 1-2 j., T., 1978-85; Muzikalnoe iskusstvo Pamira (N. Nurjonov b-n hamkorlikda), M., (1-2-kitob), 1978-86. Ad.: Abdull AE v R., Fayzulla M.Karomatli, T., 1996.