Karotaj
Karotaj (Frans. carotte — burg’i Kerni; aynan — sabzi) — burg’i quduqlari va quduqlar atrofidagi tog’ jinslarini elektr, radioaktiv (yadro- geofizik), termik, akustik (ultrato- vush), magnit, seysmik va b. metodlar yordamida tadqiq qilish. K.dan geologik kesimlarning tarkibi, qatlamlarning qalinligi va foydali qazilmalarni topishda hamda suvning burg’i kovakka oqib chiqayotgan joyini, kovakning og’ish burchagi, qatlamlarning yotish burchagini aniqlashda foydalaniladi. Konchilik amaliyotiga kirib qolgan K. termini izohlanayotgan tushunchani etarlicha ber- maydi. Ilmiy-texnika adabiyotlarida K. o’rnida quduqlarni tadqiq qilishning geofizik metodlari, konchilik Geo- fizikasi, burg’ilash geofizikasi ham qo’llaniladi. Termik metod 1908 y. Boku neft konlarida sinab Ko’rildi. 1926 y. Frantsiyada yuqori samarali elektrik K. ixtiro qilindi. Chuqur quduqlarni qazishda K. ishlari, albatta, birga olib boriladi. K. stantsiyasi deb nomlanuv- chi ko’chma avtomatik qurilmada qayd qiluvchi apparatlar, burg’i kovagiga ke- rakli pribor va zondlarni ko’tarib tu- shiruvchi mexanizm va yordamchi uskunalar o’rnatiladi. K. stantsiyasi bir vaqtning o’zida bir necha fizik parametrlarni yozib olishi mumkin. K. paytida kovakka qabul qiluvchi qurilmalar (mas. Elektr K.da elektrodlar, magnit K.da kovak mag- nitometrlari, seysmik K.da seysmopri- yomniklar) tushiriladi. Qurilmalardan olinadigan ma’lumotlar kovak ustida- gi maxsus apparatlar yordamida qog’ozga yozib boriladi. K. diagrammalari kovak yuqorisidagi o’lchanayotgan nuqtagacha hamma parametrlarni egri chiziqlar holatida aks ettiradi. Bu chiziqlar o’rganilib, kovakning geologik tuzili- shi aniqlanadi. Diagrammalarning bar- cha geologik izohlariga ega bo’lish uchun kompleks metodlardan foydalaniladi. Metodlar tog’jinslari va r-ndagi foy- Dali qazilmalarning fizik xususiyatla- ri, burg’ilashning texnik sharoitlari va geologik vazifalariga qarab tanlanadi. K. eng qulay, arzon va keng tarqalgan Geo- fizik usullardan biri.