KARPENTARIYA QO’LTIG’I

KARPENTARIYA QO’LTIG’I – arafura dengizidagi qo’ltiq. Avstraliyaning shimoliy qirg’oqlarida. Keyp-York va Arnemlend yarim orollari oralig’ida. Maydoni 328 ming kilometr kvadrat. Quruqlik ichkarisiga 600 kilometr kirib borgan. Chuqurligi 71 metrgacha. Suvining o’rtacha temperaturasi yuza qismida 23-29°. Sho’rligi 34,8%. Suv ko’tarilishi 3,2 metrgacha. Sohillari past, tekis, botqoqlashgan, mangra o’rmonlari bilan qoplangan.